Futbolchi "Barselona"ga o'tishdan bosh tortdi.
Sezar Aspilikueta "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzoladi. Endi faxriyning klub bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Ispaniyalik futbolchi "Barselona"ning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanardi. Jyul Kunde Kataloniya klubiga o'tganidan keyin transfer bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi. Bu futbolchini "Chelsi" ham xohlardi. Natijada klublar o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.
Aspilikueta yangi mavsumda "Chelsi"da asosiy o'yinchi bo'lmasligini tushunib, taklifni qabul qildi. 32 yoshli himoyachi zahiradagi rolda qolishi mumkin.