Madrid klubi Fransiya bozorini o'rganmoqda.
Manbaga ko'ra, Madridning "Real" klubi "Nitstsa" bilan Amin Guirining ehtimoliy transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. 22 yoshli hujumchi Liga 1ning eng katta iqtidorlaridan biri sanaladi.
"Nitstsa" futbolchini sotishga tayyor, lekin kamida 40 million yevroga. "Real Madrid" turli alternativ variantlarni o'rganmoqda. Xususan, “Nitstsa”ga yana bir mavsumga ijaraga berilgan futbolchini sotib olish. Shunday qilib, o'yinchi arzonroq bo'lishi mumkin.
O'tgan mavsumda Guiri Liga 1da 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.