Goal24.uz » Transfer » Manba: Kavani Argentina chempionatiga o'tishga yaqin turibdi

Manba: Kavani Argentina chempionatiga o'tishga yaqin turibdi

Автор: admin


Edinson haligacha yangi klub topa olmadi.

Jurnalist Jonatan Pinasko o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Edinson Kavanining ehtimoliy yangi klubi haqida gapirdi. Uning xabar berishicha, urugvaylik futbolchi Argentinaga "Boka Xuniors" futbolchisiga aylanadi.

Manbaga ko'ra, Kavani 2022 yilning 6 avgustida rasman "Boka" futbolchisi sifatida tanishtiriladi. Futbolchi endi erkin agent hisoblanadi.

Avvalroq Kavani Yevropada qolishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xullas, mish-mishlar Edinsonni Monza, Vilyarreal va Borussiya Dortmundga jo'natib yubordi. Kavani o'tgan mavsumda "Manchester Yunayted" tarkibida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
97   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Transfermarket transfer olami transfer narxi tushib ketgan futbolchilar transfer bozori
futbol, Transfer transfer 2022 transfer olamidagi yangliklar