"Chelsi" muhim transferni amalga oshirdi.
Mark Kukurella "Brayton"dan "Chelsi"ga o'tdi va tarixdagi eng qimmat chap qanot himoyachisiga aylandi. "Chelsi" Mark uchun 55 million funt va yana 7 million funt sterling bonus to'lagan.
Avvalroq bu lavozim bo'yicha rekord 2017 yilda "Monako"dan "Manchester Siti"ga 57,5 million evro evaziga o'tgan Benjamen Mendiga tegishli edi.
Uchinchi pog‘ona Ben Chilvelga tegishli – 50,2 million yevro (“Lester” – “Chelsi”).