×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Foto lavhalar » Mane APLda eng zo'r, "Tottenxem" eng yomon jamoa, de Bryuyne eng chiroyli gol muallifi, eng yaxshi murabbiy esa... ("The Guardian")

Mane APLda eng zo'r, "Tottenxem" eng yomon jamoa, de Bryuyne eng chiroyli gol muallifi, eng yaxshi murabbiy esa... ("The Guardian")

Автор: admin


Britaniyaning "The Guardian" nashri APLning joriy paytiga qadar bo'lgan o'yinlardan kelib chiqib o'z reytingini tuzib chiqdi. Bunda nashr mavsumning eng yaxshi o'yinchisi, murabbiyi va o'yini kabi nominaciyalarni elon qildi.

P.S. Bu reyting va eng yaxshilar faqatgina "The Guardian" nashri talqini va bu hech qanday rasmiy maqomga ega emas.

Eng yaxshi o'yinchi sifatida "Liverpul" forvardi Sadio Mane qayd etilgan. Mane Premer-liganing 26 o'yinida 14ta gol urgan va 9ta golli pas bergan.



Eng yaxshi yosh o'yinchi sifatida "Vulverxempton" vingeri Adama Traore ko'rsatilgan. Traore gol+pas tizimida 11 (4+7) ochko to'plagan. Ispan ayni paytda 24 yoshda.



Eng chiroyli gol sifatida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuynening "Nyukasl" bilan o'yin (2:2)dagi uzoqdan bergan zarbasi tan olingan.



"SHeffild Yunayted" ustozi Kris Uaylder eng yaxshi murabbiy deb topildi.



Eng yaxshi transfer deb Denni Ingzning "Liverpul"dan "Sautgempton"ga o'tgani hisoblangan.



Mavsumning eng zo'r o'yini sifatida 19-turdan o'rin olgan "Vulverxempton" - "Manchester Siti" bahsi qayd etilgan. O'shanda "bo'rilar" Gvardiola shogirdlariga o'z uylarida 0:2 hisobida yutqaza turib, 55 (Adama Traore), 82 (Raul Ximenes) va 89 (Mett Doerti) daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga super kambekni amalga oshirishgandi.



SHuningdek, nashr "Tottenxem"ni mavsumning eng yomon jamoasi deb atagan.
18     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *