Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Edegor «Real»ga qaytishni istamayapti

Edegor «Real»ga qaytishni istamayapti

Автор: admin

«Real» klubi hujumchi Martin Edegorning «Real Sosedad» klubidagi o‘yinidan mamnun va uni ijaradan qaytarib olish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda.
Marca xabariga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalikka bu yoqmayapti. U Madridga qaytib, zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishdan cho‘chimoqda.
Edegor bosh murabbiy Zinedin Zidan bilan gaplashib, keyin bir qarorga kelmoqchi. 
Futbolchining «Real Sosedad»ga berilgan ijara muddati shu yil yozda tugaydi. «Real» bilan imzolagan shartnomasi esa 2021 yilgacha mo‘ljallangan.
Bu mavsumda Edegor «Real Sosedad» tarkibida barcha musobaqalarda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan va 8ta golga hammualliflik qilgan.


123   
Добавить комментарий
Ваше имя: *