Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Rivaldo: «Lautaro «Barselona»ga tayyor emas, Neymarni qaytarish kerak»

Rivaldo: «Lautaro «Barselona»ga tayyor emas, Neymarni qaytarish kerak»

Автор: admin

«Barselona» klubi sobiq futbolchisi Rivaldo kataloniyaliklarning «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Agar Neymarni 222 mln yevrodan kamroqqa ortga qaytarishning imkoni bo‘lsa, klub bundan foydalanishi kerak. Neymar 28 yoshda va uning eng yaxshi o‘yinlari oldinda. U "Barsa" uchun ajoyib transfer bo‘lgan edi. Chunki u klubni yaxshi biladi va yuqori individual mahoratga ega. Neymar Messi bilan birga o‘ynashdan qo‘rqmaydi. Uning qaytishi argentinalik futbolchiga ham yoqqan bo‘lardi.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Barsa» «Inter»ning yosh hujumchisi Martinesga qiziqish bildirayotgan ekan. Nazarimda, 22 yoshli futbolchi hali tajriba to‘plashi kerak. U hozir ham yomon o‘ynamayapti, lekin Lautaro hali «Barselona»ga o‘tish uchun tayyor emas», — dedi Rivaldo.
Manba: sport24.ru

106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *