×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Parexo: «Atalanta» bilan o‘yin o‘tkazilmasligi kerak edi»

Parexo: «Atalanta» bilan o‘yin o‘tkazilmasligi kerak edi»

Автор: admin


«Valensiya» yarimhimoyachisi Daniel Parexo Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Atalanta» – «Valensiya» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin (4:1) koronavirus xavfiga qaramay o‘tkazilgani haqida fikr bildirdi.
Avvalroq Bergamo shahridagi kasalxona bo‘limi boshlig‘i Fabiano Di Marko ushbu o‘yin koronavirus tarqalishida biologik bomba bo‘lganini aytgandi.
«Xotirjam bo‘lishimiz kerak. Klub infeksiyaning oldini olish uchun bor kuchini sarfladi. Hozir yuqtirganlarni qo‘llab-quvvatlash vaqtidir. Hammasi yaxshi bo‘lishiga aminman. 
«Atalanta» bilan o‘yinga kelsak, biz o‘z majburiyatlarimizni bajardik. Ushbu o‘yin o‘tkazilmasligi kerak edi. Shu kunlarda barchasini yaxshilab o‘ylab olish uchun vaqtimiz bo‘ldi. Futbolchilar va xodimlar ushbu o‘yinda himoyalanishmagan edi», – deb Parexoning so‘zlarini keltiradi As.


Теги: Daniel Parexo
18     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *