Goal24.uz » Transfer » "Galatasaroy" "Yuventus" sardoriga shartnoma taklif qilishga tayyor

"Galatasaroy" "Yuventus" sardoriga shartnoma taklif qilishga tayyor

Автор: admin


Turklar tarkibni tajribali himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.

"Yuventus" markaziy himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Galatasaroy"ning nishoniga tushdi. Bunday ma'lumotlarni Fanatik nashri tarqatmoqda.

Bonuchchi 2022/2023 yilgi mavsum boshlanishi arafasida "Yuve" sardori etib tayinlangandi, biroq ayni paytda tajribali futbolchi kutilmaganda "Byankoneri"ning asosiy tarkibidagi o'rnini boy berib qo'ydi. Joriy kampaniyada Leonardo maydonga atigi 2 ta o'yinda kirgan.

Qo'shimcha qilamizki, bugun tunda "Yuventus" Chempionlar ligasi guruh bosqichida "PSJ" bilan o'ynaydi. "Park de Prens" stadionidagi jang Toshkenr vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
44   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Transfermarket transfer olami transfer narxi tushib ketgan futbolchilar transfer bozori
futbol, Transfer transfer 2022 transfer olamidagi yangliklar