×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Ayaks»ning sobiq futbolchisi 2 yilu 8 oylik komadan so‘ng o‘ziga keldi

«Ayaks»ning sobiq futbolchisi 2 yilu 8 oylik komadan so‘ng o‘ziga keldi

Автор: admin


Uning qarindoshlarining aytishicha, 22 yoshli futbolchi nogironlik aravachasida o‘tirishi va ayrim harakatlarni amalga oshirishi mumkin. 
«U uzoq vaqt uyda bo‘lmadi. Uyda o‘zini kasalxonadagidan ko‘ra yaxshiroq his qilmoqda.
Nuri endi komada emas, uyg‘ondi. U uxlaydi, ovqatlanadi, aksiradi. Lekin hamon to‘shagidan qo‘zg‘ala olmadi.
Biz uni suhbatlarimizga jalb qilamiz, birgalikda futbol tomosha qilamiz. U his-tuyg‘ularini ifoda etadi, qoshini qimirlatadi, tabassum qiladi», – deb Nurining akasining so‘zlarini keltiradi De Telegraaf.
«U tuzalib keta oladimi? Mo‘jizalarga ishonamiz. Kurashni davom ettiramiz», – deydi sobiq futbolchining otasi.
Eslatib o‘tamiz, Nuri 2017 yili 8 iyulda «Verder» bilan o‘rtoqlik bahsida hushini yo‘qotgan, shifokorlar unga kuchli aritmiya, ya’ni yurak urishi tezligining keskin o‘zgarishi tashxisini qo‘yishgandi.

O‘sha paytda shifokorlar futbolchi hech qachon yura olmasligi, gaplasha olmasligi, odamlarni tanimasligi va ovqatlanmasligini taxmin qilishgandi.
2018 yili avgustida «Ayaks» futbolchiga o‘z vaqtida maydonda tibbiy yordam ko‘rsatilmagani borasidagi aybini tan olgandi.


Теги: Abdulxaq Nuri
12     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *