Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Anchelotti "RB Leyptsig" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi

Anchelotti "RB Leyptsig" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi

Автор: admin


"Real Madrid" g'alaba qozonishda davom etmoqda.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “RB Leyptsig”ga qarshi bahsda jamoasining yevrokubokdagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Biz ajoyib ish qilmadik. Lekin biz “Leyptsig”ga qarshi hujumga yo‘l qo‘ymoqchi emasdik, shuning uchun ham qattiq pressing qilmadik, yuqoriga ko‘tarilmadik. Faqat ikki marta ular orqamizdan yugurishdi, lekin umuman olganda biz hamma narsani nazorat qildik.

Biz g'alaba qozonishni xohladik, himoyaviy hushyorlik juda muhim edi. SHu boisdan ham yarim himoyachilarni oldinga unchalik intilmadik, ammo raqibning kuchi tuga boshlaganida biz faolroq oldinga intildik va g'alabaga haqli edik.

Endi men o'yinchilardan fantastik o'ynashni talab qila olmayman, aksincha, g'alaba qozonish uchun aqlli o'ynashlarini so'rayman.

Oldinroq gol urishni istardim, lekin Chempionlar ligasi oson emas. Oxir-oqibat, biz hamma narsani qildik ", dedi italiyalik.
41   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
uefa chempionlar ligasi chempionlar ligasi yangliklari bugungi kun chempionlar ligasi yangliklari UEFA Superkubogi FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati