Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi eng so'ngi yangiliklar

Transfer olamidagi eng so'ngi yangiliklar

Автор: admin


“Bavariya” Sane borasida taklif tayyorlamoqda
 
Myunhenning “Bavariya” klubi “Manchester Siti” vingeri – Leroy Sani borasida ajoyib taklifni tayyormoqda.
Taniqli “The Sun” nashri bergan xabarga ko‘ra, nemislar Sane uchun David Alaba va 50 million yevro taklif qiladi.
Avvalroq, David Alaba bilan “Real Madrid” va “Barselona” qiziqayotgani haqida xabar bergan edi.
Klopp Salahga o‘rinbosar izlamoqda
 
Angliyaning “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Muhammad Salahning o‘rnini bosishga qodir futbolchilar variyantini ko‘rib chiqishni boshladi.
Gap shundaki, Salah kelasi mavsumning katta qismini Afrika millatlar kubogi va yozgi Olimpiyada sababli o‘tkazyib yuboradi.
“The Sun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Salah kelasi mavsum kamida 4 oy “Liverpul” ixtiyorida bo‘lmaydi. Boz ustiga, Nabi Keyta va Sadio Mane ham Afrika Millatlar kubogi sababli bir muddat klubni tark etishadi.
APL grandlari “Liga 2” futbolchisiga qiziqib qoldi

“Liga 2” musobaqasida ishtirok etayotgan “Gavr” jamoasi yarim himoyachisi Guye bilan bir yo‘la bir nechta APL jamoalari nishoniga tushib qoldi.
Taniqli ESPN nashri xabar berishicha, 21 yoshli futbolchisi bilan «Arsenal». «Liverpul», «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqib qoldi.
Futbolchining “Gavr” jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetishi bois, klub uni yozda sotuvga qo‘yishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi ushbu mavsumda “Liga2” musobaqasining 25 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta asisstni qayd etdi.
 
“Inter” “Manchester Yunayted”ni “xafa qilmoqchi”
 
Milanning “Inter” klubi “Nyukasl” jamoasi futbolchilari aka-uka Mettyu-SHon Longsaflarni o‘z tomoniga og‘dirishni reja qilmqoda
“The Sun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, italiyanlar yozda erkin agentga ayaladigan ingilzar bilan shartnoma tuzishga juda yaqin turibdi.
Shon Longstaf ayni damda transfermarket portali tomonidan 50 million funt sterlingga baholanmoqda.
U bilan anchadan beri “Manchester Yunayted” qiziqib yurgan edi. Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchilar “Inter” bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi.
Torres “Liverpul”ga o‘tishi mumkin
 
Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Valensiya” klubi yarim himoyachisi Ferran Torresni nishonda ushlab turibdi.
“Mirror” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 20 yoshli ispan bilan shuningdek “Arsenal”, “Barselona” va “Yuventus” klublari muzokara o‘tkazishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda Torres 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol va yana shuncha assistni amalga oshirdi.

84     
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *