Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA majburiy almashtirish qoidasini joriy qilishni rejalashtirmoqda

UEFA majburiy almashtirish qoidasini joriy qilishni rejalashtirmoqda

Автор: admin


Yangilik futbolchining boshidan jarohat olgani gumon qilinganiga tegishli.

UEFA tomonidan futbolga “majburiy almashtirish qoidasi” deb nomlanadigan yangilik tez orada joriy etilishi mumkin. Bu haqda PFA yozmoqda.

Angliya va Uels futbol assotsiatsiyalari buni talab qilmoqda. Majburiy almashtirish futbolchining miya chayqalishida gumon qilinganda amalga oshirilishi kerak.

2021 yildan shunga o'xshash qoida Premer-liga va Ayollar Superligasida allaqachon joriy qilingan, ammo Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Konferentsiya ligasi va Millatlar ligasida bunga ruxsat berilmagan.

Oliy ligada o'tgan yili ham shunday holat kuzatilgandi. Emiliano Martines Aston Villa jamoadoshi Tayron Mings bilan to'qnashib, miyasi chayqalgach, liga rahbarlari qo'shimcha almashtirish qoidasini qabul qilishdi.

Professional futbol assotsiatsiyasining qo'shimcha qilishicha, miya chayqalishini aniq tashxislash uchun vaqtinchalik almashtirishlar ham amalga oshirilishi kerak.
30   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
uefa chempionlar ligasi chempionlar ligasi yangliklari bugungi kun chempionlar ligasi yangliklari UEFA Superkubogi FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati