Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Lester» Vardiga o‘rinbosar topdi

«Lester» Vardiga o‘rinbosar topdi

Автор: admin

«Lester» yozda klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Jeymi Vardining o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirishni boshlab yuborgan.

Le Quotidien Du Foot`ning xabar berishicha, «tulkilar» Fransiyaning «Mets» klubi forvardi Xabib Dialloni o‘z saflariga qo‘shib olish niyatida. Bundan tashqari, unga «Chelsi» va «Kristal Pelas» klublari ham qiziqish bildirmoqda. 24 yoshli senegallik futbolchining transfer qiymati 15 mln yevroga baholangan.
Ma’lumot uchun, Diallo bu mavsumda Liga 1 doirasida 27ta o‘yinda 12ta gol urgan va 3ta golga assistentlik qilgan. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *