Goal24.uz » Chempionlar ligasi » “Man Siti” “Sevilya” yirik hisobda mag'lub etdi, “Borussiya” esa “Kopengagen” bilan durang o'ynadi

“Man Siti” “Sevilya” yirik hisobda mag'lub etdi, “Borussiya” esa “Kopengagen” bilan durang o'ynadi

Автор: admin


“SHaharliklar” irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sevilya”ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida Rafa Mir ispaniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Inglizlar 52-daqiqada ortga qaytishdi, Riko Lyuis hisobni tenglashtirdi, Julian Alvares esa 73-daqiqada g‘alaba golini kiritdi. Yakuniy natijani Riyod Mahrez qayd etdi.

“G” guruhining yana bir o‘yinida “Kopengagen” va “Borussiya Dortmund” jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Borussiya” safida Torgan Azar gol urdi, shundan so‘ng Xaukon-Arnar Xaraldsson hisobni tenglashtirdi.

MAN SITI - SEVILYA 3:1 (0:1)

"BORUSSIA" - KOPENGAGEN 1:1 (1:1)
29   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
uefa chempionlar ligasi chempionlar ligasi yangliklari bugungi kun chempionlar ligasi yangliklari UEFA Superkubogi FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati