"Napoli" Bundesliga vakili bilan o'ynaydi.
"Napoli" bosh murabbiyi Lusiano Spaletti Chempionlar ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlash marosimi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Eslatib o'tamiz, “adzurrilar” Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi bilan o'ynaydi.
«Albatta, bu bosqichda oson raqiblar yo‘qligini tushunaman, lekin hech bo‘lmaganda «PSJ» bizga tushmaganidan xursand bo‘lishim mumkin.
"Ayntraxt" munosib jamoa. Ular o'tgan mavsumda Evropa Ligasida g'alaba qozonishgandi. Endi ular o'sishda, bu bizga qiyin bo'ladi», - deya Spaletti so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.