Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Krauch: «Ronaldo bilan bir bor uchrashganman, ammo u meni tanimagan»

Krauch: «Ronaldo bilan bir bor uchrashganman, ammo u meni tanimagan»

Автор: admin

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Piter Krauch qaysi futbolchi bilan birga o‘ynashni istaganini aytdi.
«Dennis Bergkamp o‘ziga xos futbolchi edi, u bilan o‘ynash juda yoqimli bo‘lardi. Lekin men ko‘proq asl Ronaldo bilan o‘ynashni istaganman.
Bizning uslublarimiz bir-birimizga mos kelmasligi mumkin, lekin u bilan 90 daqiqa birga o‘ynash hayotimdagi eng asosiy voqea bo‘lardi.
U bilan bir marta uchrashganman. Ibitsada dam olayotganda uni sohilda ko‘rdim. Ronaldo bir shisha pivoni tugatishi bilanoq uning supermodel sherigi boshqasini olib keldi.
Uning oldiga bordim. «O, Krauch» deb ayitishiga umid qildim. Ammo u meni tanimadi. Birgalikda suratga tushdik va men ketdim. U mening futbolchi ekanligimni hatto tushunmadi», – deb Krauchning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.


83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *