Goal24.uz » Jahon » UFC 281. Aleks Pereyra Israel Adesanyani nokautga uchratib, yangi chempionga aylandi. Frenki Edgar va Dominik Reyes nokaut bilan yutqazdi

UFC 281. Aleks Pereyra Israel Adesanyani nokautga uchratib, yangi chempionga aylandi. Frenki Edgar va Dominik Reyes nokaut bilan yutqazdi

Автор: admin


O‘zbekiston vaqti bilan 13-noyabr tongida AQShning Nyu-York shahrida UFC 281 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy jangi o‘rta vazn toifasi chempioni Israel Adesanya va Aleks Pereyra o‘rtasida kechdi. Dastlabki to‘rtta raunddan uchtasi Adesanya ustunligida o‘tdi. Beshinchi raundda Pereyra zarbalar ketma-ketligini yo‘llagan holda raqibini nokautga uchratdi.
Shu tariqa Aleks Pereyra UFC o‘rta vazn toifasining yangi chempioniga aylandi.

Yana asosiy janglardan birida ayollar minimal vazn toifasi chempioni Kayla Esparsa sobiq chempion Jang Veyliga qarshi oktagonga chiqdi. Xitoylik yakkakurashchi raqibini hech qanday imkon qoldirmadi va ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan g‘alabaga erishdi. Shu tariqa Veyli kamarini qaytarib oldi.
Dastin Porye bo‘g‘ish usuli bilan Maykl Chendlerni yenggan bo‘lsa, Kris Gutyerres afsonaviy Frenki Edgarni nokautga uchratdi.
57   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Jahon chempionati 2022 Millatlar ligasi UEFA Dunyo futboli yangiliklari futbol yangiliklari yangilik futboli bugungu futbol bugungi transferlar futbol natijalari futbol tv championat asia
Uzfifa net tribuna uz sports uz oltin top 2021 oltin topni kim oladi jahon futboli yangiliklari