Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Jekoning dubli "Inter" ga "Atalanta" ustidan g'alba keltirdi

A Seriya. Jekoning dubli "Inter" ga "Atalanta" ustidan g'alba keltirdi

Автор: admin


“Neradzurri”ning g‘alabasini Edin Jekoning dubli keltirdi.

Italiya A seriyasining 15-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Milanning “Inter” klubi safarda “Atalanta”ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob birinchi bo‘lim o‘rtalarida ochildi, 25-daqiqada Ademola Lukman penaltini aniq amalga oshirdi. Biroq 11-daqiqada “neradzurrilar” Edin Jekoning harakatlari bilan tablodagi raqamlarni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida, 56-daqiqada Jeko dubl qayd etdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Xose Luis Palomino to‘pni o‘z darvozasiga yo‘lladi. Xuddi shu Palomino 77-daqiqada “Inter” darvozasiga ham gol urdi.

Ukrainalik yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy tanaffusdan so'ng darhol maydonga tushdi, biroq u jamoasiga mag'lubiyatdan qutulib qolishga yordam bera olmadi.

Shu tariqa, “Inter” 30 ochko jamg‘arib, A Seriya turnir jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Atalanta” esa 27 ochko va oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Atalanta” – “Inter” 2:3
Gollar: Lukman, 25 (penaltidan), Palomino, 77 — Jeko, 36, 56, Palomino, 62 (avtogol).

Atalanta: Musso - Skalvini (Malinovskiy, 46), Demiral (Okoli, 69), Toloy - Mehle, Kopmeyners, Lourenso, Geytbur - Pashalic (Boga, 83) - Zapata (Geylund, 69), Luxmann.

"Inter": Onana - Bastoni (Acherbi, 72), de Vray, Skrinyar - Dimarko (Gosens, 80), Mxitaryan (Brozovich, 80), Kalxanoglu, Barella, Damfris (Bellanova, 72) - Martines (Korrea, 84), Jeko.

Ogohlantirishlar: de Vray, Skriniar, Onana.
36   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
A Seriya Skudeto Italiya chempionati Milan Inter milan Roma Latsiyo Yuventus Napoli A Seriyadagi eng muhim yangiliklar Milan klubidag eng so'ngi yangliklar futbolchilar Eldor Shomurodov Martinez Dibala Italiya super kubigi Italiya kubigi