Goal24.uz » QATAR 2022 » Herdman Belgiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida nimalar dedi

Herdman Belgiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida nimalar dedi

Автор: admin


Kanadaliklar Martines jamoasidan ochko olishlari mumkin edi.

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jon Xerdman JCh-2022 guruh bosqichi 1-turida Belgiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Men bu o'yindan faxrlanaman, lekin biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Guruh peshqadami bo'lishimiz mumkin edi, ammo bu imkoniyatni boy berib qo'ydik. Shunga qaramay, men yigitlar bilan faxrlanaman.

Ular muxlislarda faxr tuyg'usini uyg'otdi. Ular bu futbol bayramida begona emasliklarini isbotlashdi. Ular shu yerda.

Navbatdagi vazifamiz Xorvatiya terma jamoasi. 2012 yilgi Olimpiadadagi birinchi jangimni yutqazganman, keyin esa 86 yil ichida birinchi medalimizni qo‘lga kiritdik. Biz qanday javob berishni bilamiz. Biz o‘zimizga ishonamiz, hammamiz birodarmiz”, — dedi Jon.
Herdman tarixda erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatlarida ishlagan birinchi murabbiydir.
17   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
Qatar Jahon chempionati 2022 2014 2018