Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Inter" o‘z himoyachisi "Manchester Siti"ga sotishga rozi, agar...

"Inter" o‘z himoyachisi "Manchester Siti"ga sotishga rozi, agar...

Автор: admin

Calciomercato portalining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, Italiyaning "Inter" klubi koronavirus tufayli jiddiy moliyaviy inqirozga duch kelishi mumkin. Ushbu inqirozni bartaraf etish uchun "neradzurrilar" tarkibidagi birorta qimmat futbolchini sotishga majbur.
Avvalgo, gap Kataloniyaning "Barselona" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan Lautaro Martines haqida ketmoqda, lekin ushbu bitim amalga oshmaydigan bo‘lsa, u holda "Inter" o‘zining markaziy himoyachisi Milan Shkrinyarni "Manchester Siti"ga sotishga rozi bo‘ladi.
"Shaharliklar" ishonchli markaziy himoyachi qidirmoqda va xorvatiyalik himoyachini sotib olishga tayyor. To‘g‘ri, "Siti" qishda Shkrinyarga 65 million yevro taklif qilib, darhol rad javobini olgandi. Chunki, "Inter" o‘z himoyachisi uchun kamida 80 million yevro talab qilmoqda.

89   
Добавить комментарий
Ваше имя: *