"Napoli" futbolchisiga "iblislar" qiziqish bildirmoqda.
Daily Mirror xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" yangi markaziy himoyachi izlamoqda. Klub Garri Maguayrga o'rinbosar qidirmoqda.
[banner_texturta]{banner_texturta}
[/banner_texturta]Hozircha da'vogarlardan biri Kim Min Chje hisoblanadi. Taxminlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" jahon chempionatidagi o'yinlarda yuqori darajadagi futbolchi ekanligiga ishonch hosil qilgan.
Kim Italiyada ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. Himoyachi darhol Neapolning asosiy o'yinchisiga aylandi. Hozir futbolchi 35 million yevroga baholanmoqda. Shartnoma 2025 yilgacha mo'ljallangan.