Krishtianu o'zining sobiq klubi lagerida o'zini yaxshi his qilmoqda.
Krishtianu Ronaldu ikki kundan beri "Real Madrid" bazasida yakka tartibda mashg'ulot o'tkazmoqda. Bu haqda xorijiy insayderlar xabar bermoqda. Ronalduga qirollik klubi bazasida mashg'ulot o'tkazishga ruxsat berildi. Ruxsat shaxsan Florentino Peres tomonidan berilgan.[banner_texturta]{banner_texturta}
[/banner_texturta]
Ilgari Krishtianu ko'p yillar "Real Madrid" manfaati uchun ishlagan va bu klub bilan, xususan, xalqaro maydonda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Endi portugaliyalik erkin agent sifatida qayd etilgan. U avvalroq MYU bilan shartnomasini bekor qilgandi.