Nurmagomedov Qatardagi jahon chempionatini faol kuzatib bormoqda.
Rossiyalik taniqli jangchi, UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov Marokash milliy terma jamoasiga murojaat qildi.
Xabaringiz bor, marokashliklar JCh-2022ning asosiy kashfiyoti bo'lishdi. Valid Regraga shogirdlari yarim finalga qadar etib borib, Fransiyaga imkoniyatni boy berishdi.
“Rahmat Marokash. Allohga hamdlar bo‘lsin”, — deb yozdi Xabib ijtimoiy tarmoqlarida.
17 dekabr kuni Marokash Xorvatiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Jamoalar Qatar mundialining bronza medallari uchun kurash olib boradi.