"Benfika" asosiy himoyachini saqlab qola olmaydi.
O Jogo xabariga ko'ra, Alexandro Grimaldo qishda "Benfika"ni tark etadi. Shartnomasi yozda tugaydigan futbolchini Portugaliya klubi naqd qilishga urinib ko'radi.
“Yuventus” futbolchi uchun favorit hisoblangan. Endi poygaga “Inter” va “Napoli” qo'shildi.
27 yoshli ispaniyalik futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2016 yildan beri Portugaliyada o'ynamoqda.