Milan klubi gollandiyalik futbolchini Qatardagi muvaffaqiyati ortidan sotmoqchi.
"Inter" Damfries uchun 60 million yevro olishni kutmoqda. Jahon chempionatidagi sifatli o'yinidan keyin futbolchining narxi oshdi.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, uning o'rniga allaqachon futbolchi tanlab olindi. Taxminlarga ko'ra, gollandiyalik futbolchi o'rnini 23 yoshli kanadalik Teyjon Byukenan egallashi mumkin. U o'z navbatida Kanada jamoasining eng yaxshi o'yinchilaridan biri edi.
Byukenan "Bryugge"da o'ynaydi. 12 million yevroga baholangan.