Diego Simeone himoyada yangi jangchi oldi.
Manbaga ko'ra, Chaglar Seyuncu kelasi yozda "Atletiko Madrid"ga tekinga o'tishi mumkin. Futbolchining “Lester” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Tulkilar taslim bo'lishmoqchi emas. Ingliz klubi 26 yoshli turkiyalik futbolchiga xuddi shunday shartnoma taklif qiladi.
Himoyachi "Lester Siti"da 2018 yildan buyon to'p suradi. Bu vaqt ichida u jamoaning asosiy o'yinchisiga aylandi.