Jamoalar jahon chempionati finalida kurashishga tayyor.
Argentina va Fransiya terma jamoalari murabbiylar shtabi jahon chempionatining final uchrashuvi uchun tarkiblarni ma’lum qildi. Bugun tunda Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining so'nggi o'yini bo'lib o'tadi.
Argentina: Martines, Molina, Romero, Otamendi, Tagliafiko, Di Mariya, De Pol, Fernandes, Makkalister, Messi, Alvares.
Fransiya: Lloris, Kunde, Teo Ernandes, Upamekano, Varan, Chuameni, Rabio, Grizmann, Dembele, Jiru, Mbappe.
Qo'shimcha qilamizki, so'nggi to'rt yillikning asosiy futbol voqeasi Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.