Leo yangi cho'qqilarni zabt etishda davom etmoqda.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jahon chempionatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Bu haqda Opta statistik portali xabar bermoqda.
Messi bugun tunda jahon chempionatidagi 26-uchrashuvini o'tkazadi. Avvalgi rekordchi Germaniya terma jamoasida o‘ynagan Lotar Matteus edi.
Qo'shimcha qilamizki, JCh-2022 finalida Argentina Frantsiya bilan o'ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.