"Blaugranas" yarim himoya zonasini kuchaytirmoqchi.
"Barselona" "Fiorentina" va Marokash yarim himoyachisi Sofyan Amrabatni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Yevropa matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Barsa" Amrabat uchun 40 million yevro to'lashga tayyor. "Fiorentina" o'z futbolchisi uchun mana shunday tovon pulini talab qilmoqda.
Amrabat Qatardagi jahon chempionati yulduzlaridan biriga aylandi. "Barsa"dan tashqari "Liverpul" Sofyanga da'vogarlik qilmoqda.