Markus yangi shartnoma imzolaydimi?
«Manchester Yunayted» hujumchi Markus Reshford bilan xayrlashmoqchi emas. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Xabarlarga ko'ra, "qizil iblislar" Reshfordga haftasiga 400 ming funt maosh to'lashga tayyor. Bunday shartlar asosida shartnoma imzolash orqali Markus «Manchester Yunayted»ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Bundan tashqari, Reshfordning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.