Ekvadorlik futbolchiga transfer bozorida talab katta.
"Brayton" yarim himoyachisi Moises Kaysedo 2023 yilning yanvarida klubi ro'yxatini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Kaysedoni “Liverpul” va “Chelsi” klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, “Chakaylar” futbolchisiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
"Brayton" Kaysedoni mavsum oxirigacha saqlab qolishga harakat qiladi. Moisesning janubiy Angliya jamoasi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.