Frantsuz ikkinchi bo'limning bosh qahramoniga aylandi.
Argentina va Fransiya terma jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynab, JCh-2022 g‘olibini asosiy vaqtda aniqlay olishmadi.
Ish qo'shimcha vaqtga cho'zildi. Bunda esa Fransiya terma jamoasining asosiy yulduzi Kilian Mbappening hissasi bor.
80-daqiqada forvard 11 metrlik masofadan to'p kiritgan bo'lsa, 81-daqiqada o'yindan ajoyib gol kiritdi.
Shu tariqa, u finalda eng tezkor dubl qayd etib, jahon chempionati rekordini yangiladi. Unga 97 soniya kerak bo'ldi.
Ilgari bu rekord Braziliya terma jamoasi hujumchisi Ronalduga tegishli edi. U JCh-2022da Germaniyaga qarshi o‘yinda 12 daqiqa ichida ikkita gol urdi.