Argentina terma jamoasi ajoyib yordamga ega.
Bugun Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatining hal qiluvchi o'yiniga tashrif buyurgan Argentina va Fransiya terma jamoalari muxlislari soni haqidagi ma'lumotlar malum bo'ldi.
Uchrashuvga 50 000 ga yaqin argentinalik va 6 000 ga yaqin fransuz muxlislari tashrif buyurishdi. Eslatib o‘tamiz, Lusail Iconic Stadium o‘z bag‘riga 88 969 tomoshabinni sig‘dira oladi. Uchrashuvga jami 88 966 kishi tashrif buyurdi.
Ushbu o'yindagi voqealar rivojini saytimizdagi onlayn translyatsiya orqali kuzatib borishingiz mumkin.