Qatardagi jahon chempionati finalida Argentina va Fransiya terma jamoalari to‘qnash kelishdi.
Ayni damda Qatarda Argentina va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelgan jahon chempionatining final bosqichi o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangani bois o‘yin qo‘shimcha vaqtga qadar davom etdi.
OptaJose xabariga ko'ra, bu jahon chempionatining so'nggi beshta finalidan to'rtinchisi bo'lib, unda jamoalar qo'shimcha taymlarga yo'l olishgan.
Avvalgi 16 ta jahon chempionati finalida ham shuncha qo'shimcha vaqtlar bo'lgan.