Fransiyalik futbolchining qaytishi jismoniy holati yomonligi sababli kechikmoqda.
Italiyalik manbaning xabariga ko'ra, Pol Pogba aniq fevralgacha o'ynamaydi. Bundan tashqari, bu sanada ham aniqlik yo'q.
Qayta tiklanish tibbiy xodimlar tomonidan berilgan prognozlarga to'g'ri kelmaydi. Dastlab, futbolchi yanvar oyidagi ilk uchrashuvlarda maydonga tushishi kutilgandi.
Pogba sentabr oyida operatsiya qilingan edi. Futbolchi yozda «Yuventus»ga qaytgan, biroq klub safida hali birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan.