Ispaniyalik darvozabon ish joyini o'zgartirishga majbur bo'ladi.
Sky Germany xabariga ko'ra, David de Xea kelajagi muhrlangan. Klub darvozabon bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu Erik ten Xaagning yechimi.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi oyoqlari bilan yaxshi va uzun to'plar yasay oladigan darvozabonni ko'rmoqchi. "Manchester Yunayted" allaqachon variantlarni qidirmoqda.
De Xea uchun yangi klub haqida hozircha xabar yo'q. Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumni asosiy darvozabon sifatida yakunlaydi.