"Blankos" yulduz forvard qidirmoqda.
«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeda hamon «Real»ga o‘tish imkoniyati bor. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Florentino Peres «Qirollik klubi» prezidenti bo‘lib qolguncha, Mbappe uchun «Real»ning eshiklari yopilmaydi.
Eslatib o'tamiz, Mbappening "Real"ga o'tishi bilan butun drama boshlandi. Taxminlarga ko'ra, kelishuv allaqachon yakunlangan va Mbappe o'tgan yozda "Santyago Bernabeu"ga o'tishi kerak edi. Biroq so‘nggi daqiqada Kilian fikrini o‘zgartirib, «PSJ» bilan yangi shartnoma imzoladi.