KriRo Messiga qarshi o'yinni qisqartiradimi?
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Olimpik Marsel" bilan muzokara o'tkazdi. Bu haqda FootMercato resursi xabar bermoqda.
Ronaldu hozirda erkin agent hisoblanadi. Noyabr oyi oxirida u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qildi.
Matbuot Ronalduga Saudiya Arabistonidan super taklif borligini, ammo futbolchining o'zi, shekilli, Evropada o'ynashni xohlayotganini faol yozdi.