Ammo futbolchi Angliyada qolishi mumkin.
Britaniya matbuoti “Arsenal” himoyachisi Sedrik Soaresh Germaniya va Ispaniya klublari e’tiboriga tushgani haqida xabar berdi. Xususan, futbolchiga “Bayer” va “Vilyarreal” klublari qiziqish bildirmoqda.
Evening Standard nashrining yozishicha, futbolchiga ingliz klublaridan qiziqish bor. Demak, "kanonir" o'z safida "Fulxem"ni ko'rmoqchi.
Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, "Arsenal" futbolchini sotish bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan. Futbolchi klubda qolishi ham mumkin.