Krishtianu ulardan ba'zilarini tanladi, ammo Mendes hech kim bilan kelisha olmadi.
O'tgan yozda Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirish uchun 30 ta klubdan birini tanlash imkoniyatiga ega edi. Yakunda Ronaldu ulardan uchtasini, keyin yana beshtasini tanladi.
Afsuski, portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh ularning hech biri bilan kelishuvga erisha olmadi. Mutlaqo barcha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu haqda jurnalist Bruno Andrade yozadi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Ronaldu erkin agentga aylandi. U chempionat boshlanishidan oldin ketishga uringan bo'lsa-da, mavsumning birinchi qismini «Manchester Yunayted»da o'tkazishga majbur bo'ldi.
Oxirgi mish-mishlarga ko'ra, Krishtianu Saudiyaning "An-Nasr" klubidan bosh tortgan. Ronaldu hamon Yevropaning nufuzli klubi bilan shartnoma imzolashga va Chempionlar ligasida o‘ynashga umid qilmoqda.