Hozir braziliyalik futbolchi "MYu"da o'ynaydi.
«PSJ» «Manchester Yunayted»ning braziliyalik yarim himoyachisi Fred bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda Britaniya matbuoti yozmoqda.
Manbaning yozishicha, «PSJ»da Fredning iqtidoriga muxlislik qiluvchilar bor.
"Manchester Yunayted" Fred uchun 30 million funt so'ramoqda. Parijliklar bu miqdorni juda yuqori deb hisoblashadi.
Fred hozir 29 yoshda. U Donetskning «Shaxtyor» klubida o‘z izini qoldirdi.