Fransiyalik futbolchi Premer-ligaga chiqishi mumkin.
Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi hujumchisi Markus Tyuram APLga yo'l olishi mumkin. "Nyukasl" futbolchini o'z safida ko'rmoqchi.
Futbolchining transferi 32 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Joriy mavsum futbolchi uchun 22 ta o'yin bilan nishonlandi. U 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi Fransiya terma jamoasi safida ham jahon vitse-chempioniga aylandi.