Kataloniyaliklar futbolchini mavsum oxirigacha olib qolish niyatida.
Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda “Barselona” Bellerin va Kessierdan qutulmoqchi emasligini aytdi. Futbolchilar mavsumni Kataloniya klubida yakunlaydi.
Frank Kessierning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transferi 35 million yevroga baholanmoqda. Kot-d’Ivuarlik futbolchi joriy mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Ektor Belerin 15 million yevroga baholangan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safida beshta o‘yin o‘tkazgan.