Leo tez orada parijliklar bilan yangi shartnoma tuzadi.
Lionel Messining Fransiyaning “PSJ” klubi bilan yangi mehnat shartnomasi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Tez orada argentinalik parijliklar bilan hamkorlikni uzaytiradi.
Gilem Balaguening so‘zlariga ko‘ra, Messining yangi shartnomasi “1+1” sxemasi bo‘yicha ishlab chiqiladi. PSJ jahon chempionining maoshini oshiradi.
Leo Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Balaguening so'zlariga ko'ra, Nosir Al-Xelayfi Leo bilan Qatarga qaytgan.