Madridliklar himoya chizig'ini sifat jihatidan kuchaytiradi.
Madridning “Atletiko” klubi “Lester Siti”dan Chaglar Seyuncuni sotib oldi. Tomonlar allaqachon o‘tish bo‘yicha to‘liq kelishib olishgan.
Chaglar joriy mavsum oxirida Madridga o'tadi. Shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Bu haqda Nikolo Shira xabar berdi.
Shu bilan birga, yanvar oyida Chaglar Ispaniyaga ko'chib o'tishi mumkin, ammo Premer-ligadagi qaltis pozitsiyasini hisobga olsak, «tulkilar»ning bunday qadamga borishi aniq emas.