Neapolliklar marokashlik uchun kurashda g‘alaba qozonishga harakat qiladi.
Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, "Napoli" Azzedin Ounaxiga qiziqish bildirgan. Ular futbolchini yozda ko'rishni xohlashadi.
Transfer tashabbuskorlaridan biri klub sport direktori Kristian Gintoli hisoblanadi. Neapolda ular 25 million yevro to'lashni kutishmoqda.
Avvalroq, jahon chempionati qahramonining o'zi ham kelajagi haqida fikr bildirgandi. Marokashlik futbolchi qishda Anjeni tark etishini tan oldi.