Berluskoni darvozabonni sobiq jamoasiga beradimi?
"Monza" darvozaboni Alessio Kranio faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
“Rossonerilar” Mayk Meignan uchun yordamchi izlamoqda. Hozirda fransiyalik darvozabon jarohatidan forig‘ bo‘lmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Monza» «Milan»ning sobiq xo'jayini Silvio Berluskoniga tegishli. Bu fakt klublar o'rtasidagi Kranio transferi bo'yicha muzokaralarga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.