Blankos lagerida italiyalik murabbiyning ketishidan qo'rqishadi.
Madridning “Real” klubi rahbariyati Karlo Anchelottining o‘rniga jamoani boshqara oladigan murabbiylar ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.
Braziliya futbol federatsiyasi Anchelotti xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Karlo "Real"dan ketish niyatida emasligiga ishontirmoqda, ammo "qirollik klubi" markaziy ofisida "B rejasi" tayyorlangan.
Anchelotti o'rnini egallashi mumkin bo'lganlar ro'yxatiga besh nafar mutaxassis kiritilgan: Raul Gonsales, Julian Nagelsmann, Tomas Tuxel, Alvaro Arbeloa va Xavi Alonso. E'tibor bering, barcha sanab o'tilgan nomzodlar orasida faqat Tomas Tuxel mehnat birjasida o'tiradi, u o'tgan yilning sentyabr oyida "Chelsi" bosh murabbiyligidan ozod etilgan.