"Magpies" bu futbolchilar bilan hisoblashmaydi.
"Nyukasl" qishda Jonjo Shelvi, Mett Richi va Pol Dammetni sotishga harakat qiladi. Futbolchilar Eddi Xouning rejalariga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, futbolchilarning shartnomalari joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Balki, «magpiylar» futbolchilar bilan shartnomani yangilamaydi.
Oldinroq "Nyukasl" jamoasining hujumini kuchaytirishga urinishlari haqida xabar berilgandi. Hujum chizig'ini kuchaytirishga nomzodlardan biri Romelu Lukaku.